SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
O'zbekiston xalq rassomi Xoliqov Nizomiddin tavallud topgan kun
1939-09-01

O'zbekiston xalq rassomi Xoliqov Nizomiddin

Xoliqov Nizomiddin (1939.1.9, Andijon) – grafik rassom, O'zbekiston xalq rassomi (2001). Lьvov poligrafiya institutini tugatgan (1967). 1967 yildan G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda - badiiy muharrir (1967-78; 1969-71 yillarda bosh rassom ), 1978 yildan Andijon “Rassom” ijodiy kombinatida rassom (1981-83 yillar rahbar). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutida pedagog (1972-73). Xoliqov linagravyura , ksilografiya, litografiya, ofort, monotipiyada ijod qiladi, asarlarida tasviriy shakl va badiiy mazmun uyg'unligiga erishadi. Xalq og'zaki ijodi namunalaridan “Gulpari”, Oyjamol”, “Gulshanbog'” kabi dostonlar , o'zbek mumtoz adabiyoti (“Saddi Iskandariy”, Alisher Navoiy “Saylanma” , Muqimiy va boshqalar) hamda o'zbek adabiyoti “Nurli cho'qqilar”, A.Qahhor; “Chinor”, Asqad Muxtor va boshqalar) dan chop etilgan kitoblarni badiiy bezadi.
Keyingi yillarda moybo'yoq rangtasvirida samarali ijod qilmoqda. ( “Bahor”, “Nuroniylar” , “Hunarmandchilik”, “Yoshlik”, Alpomish”, “Ummon”, “Harorat” va boshqalar); portretlarida inson ruhiyati teran ifodalangan (“Mirtemir”, “Muhammad Ali”, “Brigadir”, “Ona” va boshqalar).
Ma’lumot: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi”. T.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan