SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Kimyogar olim Saidaxrol tavallud topgan kun
1942-09-01

Kimyogar olim Saidaxrol

Kimyogar olim To'xtaev Saidaxrol (1942.1.9, Toshkent – kimyogar olim. O'zbekiston FA akademigi (2000), kimyo fanlari doktori (1984), professor (1986). ToshPIni tugatgan (1963). O'zbekiston FA Kimyo institutida aspirant (1966-69), ilmiy xodim (1969-70), laboratoriya mudiri (1971 yildan ), ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari (1991-92). O'zbekiston FA O'g'itlar institutida bo'lim mudiri (1993-99), O'zbekiston FA Umumiy va noorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (2000 yildan). Ayni vaqtda shu institutdagi Toshkent Kimyo – texnologiya institutining “Noorganik moddalar texnologiyasi” kafedrasi filiali mudiri (2000 yildan). O'simliklar oson o'zlashtiradigan mikroelementlardan iborat birikmalar, fizialogik faol moddalar, murakkab mineral o'g'itlar olish va ularning samaradorligini oshirishga oid. To'xtaev rahbarligida Qizil-qum fosforitlaridan oddiy va boyitilgan superfosfat, qishloq xo'jalik ekinlari bargi orqali oziqlantirish uchun suvda eruvchan yangi murakkab o'g'itlar sintezini nazariy va texnologik asoslari ishlab chiqilgan. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1996).
Ma’lumot: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi”. T.2001.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan