SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Toshkent hayvonot bog'i tashkil etildi.
1997-09-01

1997 yil sentyabrda Toshkent hayvonot bog'i tashkil etildi.

Hayvonot bog'i , Toshkent hayvonot bog'i (Bog'ishamol ko'chasi, 232-uy) – ma'rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradigan muassasa. 1924 yilda 3 gektar maydonda O'rta Osiyo universiteti biolog olimlari tashabbusi bilan chor Rossiyasi general gubernatorining dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. 20 asrning 40 yillari oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bog'iga aylandi. O'zbekiston Respublikasi hukumati qaroriga ko'ra, 1994-97 yillarda Hayvonot bog'i uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi Hayvonot bog'i qurildi. Botanika bog'i yaqinida joylashgan mazkur bog'ga 1997 yil sentyabrda Toshkent Hayvonot bog'i ko'chib o'tdi. Umumiy maydoni 22,7 gektar, 415 turdagi 5000 ga yaqin jonivor , shu jumladan , sutemizuvchilarning 74 turi, qushlarning 101 turi, reptiliyalarning 39 turi, amfibiyalarning 5 turi , baliqlarning 184 turi, umurtqasiz hayvonlarning 17 turi saqlanadi (2009). Akvarium bo'limida dengiz akvasistemasi barpo etilgan bo'lib , unda dengiz jonivorlari , akula va baliqlar , poliplar va boshqa yashashi uchun sharoitlar yaratilgan. Hayvonot bog'i yirtqich qushlarni (qoraqush, kalxat, boltayutar, kondor va boshqalar) ko'paytirishga ixtisoslashgan. Noyob va yo'qolib borayotgan hayvonlar turlarini ko'paytirish bo'yicha ilmiy ishlar olib boriladi. 2006-07 yillarda 2ta yangi bo'lim (umutqasizlar , kemiruvchilar) tashkil etildi. Chet ellardagi 86 hayvonot bog'lari bilan hayvonlar va ilmiy axborotlar almashish bo'yicha hamkorlik qiladi. 1998 yildan Evropa – Osiyo hayvonot bog'lar va akvariumlar mintaqaviy uyushmasiga a'zo. Hayvonot bog'i Ashxobod, Termiz, Dushanbe va Olmaota bog'larining tashkil topishida bevosita ishtirok etgan.
Мa’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan