SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar ustasi Elbek Musayev tavallud topgan kun
1935-08-15

Musayev Elbek 1935 yil 15 avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan. Telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar ustasi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi. O’rta Osiyo universitetini tugatgan. O’zbekiston televideniyasi bolalar va o’smirlar tahririyatida kichik muharrir, katta muharrir, “Yoshlik” bosh tahririyatining bosh muharri. 1986-1988 yillarda O’zbekiston televideniyasi va radioeshittrish qo’mitasi raisining o’rinbosari. Uning televideniyedagi ijodiy faoliyati “Istiqbol egalari”, “G’azalxon yoshligim”, “Romantika” television teatri, “Talabalik-oltin davrim”, “Ona shahrim-Toshkentim”, “Zehn” turkim ko’rsatuv tashkilotchilaridan. U ayniqsa, o’zi asos solgan. “Teleminaturalar teatri”, “Otalar so’zi-aqlning ko’zi” dasturlari bilan elga tanildi. 1962 yildan beri ko’rsatib kelinadigan “Otalar so’zi-aqlning ko’zi” ko’rsatuvi o’zbek xalqining eng yaxshi urf-odatlari, an’analari, odamiylik, mehr-shavqat, adolat, sadoqat kabi hislatlarni tarannum etib o’zbek televideniyasi tarixida muayyan iz qoldirdi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan