SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.
1958-09-08

 Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni (International Day of Journalists’ Solidarity) 1958 yili Buxarestda bo’lib o’tgan Xalqaro jurnalistlar tashkilotining to’rtinchi  kongressida qabul qilingan qarorga binoan har yili 8 sentyabrda nishonlanadi. Anjuman ishtirokchilarining fikricha, shu kuni butun jahondagi jurnalist va noshirlar o’z birdamliklarini, ayniqsa o’z ҳuquqlari himoyasi yo’lidagi jipsliklarini  namoyish etishlari kerak. Bu qarorni BMT ham qo’llab quvvatladi. 1943 yilning 8 sentyabr kuni Germaniyada chexoslovakiyalik jurnalist, yozuvchi Yulius Fuchik (Julius Fuchik) fashistlar tomonidan qatl etiladi. U 1942 yilning 24 aprelida ozodlik harakatining olti nafar a'zosi bilan gestapo tomonidan xibsga olingan edi. Yulius Fuchik o’zining Praga qamoqxonasida yozilgan “Dor tagidan reportaj” kitobi bilan mashhur. Uning o’limidan keyin bu asar jahonning 70 dan ortiq tiliga tarjima qilingan. Fuchik keyinchalik Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo’ldi. 1958 yildan boshlab jurnalist qatl etilgan kun Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bu kun nafaqat jurnalistlarning navbatdagi kasb bayrami, balki ularning hamkorlik va jipslashuvining yorqin namoyishi sifatida ko’riladi. Ananaga ko’ra 8 sentyabrda butun dunyoda ommaviy axborot vositalarining vakillari bayram tadbirlari doirasida turli anjumanlar o’tkazadilar. Bu tadbirlarda nafaqat tajriba almashiniladi, balki xavfli kasb egalariga turli mukofotlar topshiriladi.

 Ma’lumot: O’zbek xalqi bayramlari. “Sharq”. T.2002.

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan