SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Mehrjon bayrami (kuz bayrami)
0000-09-23

23 Sentyabr – Mehrjon bayrami (kuz bayrami). Bu bayramlar Xorazmda “Chiri-ruj”, So’g’d-Samarqandda “Nim-sarda” kabi nomlarda yuritiladi. U kuzgi kun va tun tengligini, hosil yig’ish yakunini, qishga tayyorgarlik ko’rish kabi hodisalarni aks ettiruvchi bayram. Tarixda 10-15 asr mobaynida Navro’zdan so’nggi ikkinchi katta bayram hisoblangan, yil yarmi vazifasini ham o’tagan. O’rta asrlarda turli bayramlarga bo’linib ketgan. Hozirgi kunda kuz bayrami, kuzgi kun va tun tengligi, an’anaviy (eski) “yil yarmi” mehr-shafqat tadbirlari sifatida tabiiy saylgohlarda, madaniy bog’, o’yingohlarda, maydonlarda turli ko’rgazmalar, ko’rik-tomoshalar, musobaqalar kabi shakllardan foydalanib o’tkazilmoqda. Bu bayram- barcha qishloq xo’jalik xodimlarining- boqbonu sabzavotkor, qallakoru paxtakor, sohibkoru pillakorlarning yil davomida erishgan g’alabalarini, mehnat mavsumining yakunlanishini tantana qiladigan yirik anjuman hisoblanadi. Avvaliga bog’bonu-sabzavotkorlar, yetishtirgan mahsulotlarning ko’rigi sifatida, so’ngra ularni g’oyaviy-badiiy elementlar va badiiy dasturlar bilan boyitilishi natijasida o’ziga xos yangi mehnat va tabiat bayramlari vujudga kela boshladi. Sabzavotkor va bog’bonlarning o’ziga xos hosil bayrami vazifasini ham bajaradigan bayramlar odatda avgust oyining oxiri va ko’proq sentyabr oyining boshlarida, tabiatning eng go’zal bo’lgan vaqti baxmal mavsumida mevalar, sabzavotlar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ib-terib olish tugallanayotgan bir paytda uyushtiriladi. Respublikamizda mazkur bayramlarni o’tkazish borasida o’ziga xos tizim vujudga kelmoqda. Ular avvaliga ko’pgina yirik tuman markazlarida tashkil qilinib, unda tumandagi barcha jamoa xo’jaliklari o’zlarining yetishtirgan maxsulotlari bilan qatnashadi. So’ngra shu tartibda viloyat markazlarida, barcha tumanlarda olingan hosillarning eng yaxshi natijalari targ’ibot etiladi. So’ng maxsus joyda xalq sayllari boshlanadi. Kechki payt tuman madaniyat uyida pilla yetishtirish bo’yicha majburiyatlarni bajargan ilg’orlarni taqdirlashga bag’ishlangan tantanali kecha va konsert uyushtiriladi.

 

 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan