SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi To'laganov Ahror To'laganovich tavallud topgan kun
1908-09-23

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika Arbobi To'laganov Ahror To'laganovich

To'laganov Ahror To'laganovich (1908.23.9, - Toshkent – 1990.18.1) – zoolog, fitogelmintolog olim. O'zbekiston FA muxbir a'zosi (1996) , O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi (1950). Biologiya fanlari doktori (1947), professor (1948), SamDUni tugatgan (1931) , umurtqasiz hayvonlar kafedrasida aspirant, assistent, dosent vamudir (1931-), Maorif xalq komissarligida boshqarma boshlig'i (1942-43). O'rta Osiyo universitetida umurtqasiz hayvonlar kafedrasi (1941 yildan) va fitogelьmintologiya problematik laboratoriya mudiri (1959 yildan). O'zbekiston FA Botanika va zoologiya instituti gelьmitologiya laboratoriya mudiri (1945-57), SamDU rektori (1957-63). ToshDU umurtqasizlar kafedrasi mudiri (1963-88), ToshDU biologiya fakulьteti dekani (1973-74). Ilmiy ishlari tuproq va o'simlikxo'r nematodalarni o'rganishga bag'ishlangan. 25 ga yaqin nematodalarni yangi turlarini kashf etgan. Uning rahbarligida O'zbekiston xududida uchraydigan o'simlik va tuproq nematodalari katalogi tuzilgan; kanop , g'o'za va sabzavot parazit nematodalariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974).

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2001.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan