SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Amerika yozuvchisi Fisjerald Frensis tavallud topgan kun
1896-09-24

Amerika yozuvchisi Fisjerald Frensis

Fisjerald Frensis Skott (1896. 24.9, Sent-Pol, Minnesota shtati – 1940.21.12, Xeyvort , Gollivud) – amerika yozuvchisi,. 1913-17 yillarda Prinston universitetida o'qigan. “Jannatning bu tomoni buylab” (19290) nomli birinchi romanida Fisjeralьd birinchi bo'lib “yo'qotilgan avlod” , 20-yillar amerika yoshlari tasviriga e'tibor qaratadi. “Yo'qotilgan avlod Fisjeralьd ijodidagi asosiy mavzulardan bo'lib , uning 20- yillardagi ko'plab hikoyalari va “Go'zallar va halokatga mahkumlar” (1922) romanida ham o'z aksini topgan.Amerika adabiyotidagi mumtoz asarlardan hisoblangan “Buyuk Getsbi” (1925) Amerikaning har qanday amerikalik o'zining halolligi , g'ayrati , mehnatsevarligi bilan ijtimoiy pillapoyaning eng yuqori bosqichiga erisha oladigan mamlakat ekanligi haqidagi afsonani fosh etadi. “Muloyim tun” (1934) romanida esa istedodli psixiatr-vrach, baland kayfiyatli idealist Dik Dayverining asta sekin zavol topishi , boylik oldida taslim bo'lishi haqida hikoya qilinadi, romantik orzu-xayollar bilan haqiqiy hayot to'qnashuvidagi chuqur fojia tasvirlanadi. Tugallanmagan ijtimoiy romani “So'nggi magnat” (1941 yil nashr etilgan) Gollivud hayoti , undagi kishilarni xulq-atvori haqida , Fisjeralьd , shuningdek ,“ Yo'ldan ozdiruvchi ayollar va faylasuflar” (1920), “Jaz asri ertaklari), “Barcha g'amgin yigitlar” (1926), “Tongda uyg'otuvchi ovoz” (1935) , kabi hikoyalar to'plami (1946 yipl nashr etilgan ) pьesalar , ssenariylar muallifi.Teran psixolog , o'tkir tanqidchi, nasr ustasi bo'lmish Fisjeralьd vafotidan ancha keyin, 50 – yillarning o'rtalarida mashhur bo'lib ketadi.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan