SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
O’zbekiston xalq artisti Akbarov Ikrom Ilhomovich tavallud topgan kun
1921-03-01

Akbarov Ikrom Ilhomovich (1921.01.03, Toshkent) - kompozitor, O’zbekiston xalq artisti (1981), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (1964). Toshkent (1945) va Leningrad (1950) konservatoriyalarini tugatgan. Hamzaga bag’ishlangan «Shoir xotirasiga» simfonik poemasi (1954) o’zbek simfonik ijodiy tafakkurining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Akbarov Ikrom  simfonik asarlar, opera va baletlar, oratoriyalar, vokal-simfonik va kamer-cholg’u asarlar (xususan 6 ta torli kvartet), qo’shiq va romanslar, xor turkumlari muallifi, kinofilmlar va dramatik spektakllarga musiqa yaratgan, o’zbek xalq kuylarini jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan. Ijodiy uslubi teran simfonik tafakkurga asoslangan. Simfonik asarlari - «Epik poema» (1961), skripka va orkestr uchun 1-2- va 3- konsertlar (1962, 1984, 1997), «Pochta» (1970), «Shakuntala» (1980) simfonik manzaralari, «Samarqand haqida simfonik hikoyalar»i (1973), 2 ta simfoniya (1996, 1998) va b. «Orzu» (1957), «Layli va Majnun» (1968), «Navro’z» (1984) baletlari, «So’g’d elining qoploni» (1977) va «Ibtido xatosi» (1997) operalari, «Toshkentnoma» (1964), «Mangu xotira» (1985) oratoriyalarini yaratgan. Asarlari chet ellarda ham ijro etilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining laureati (1977). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan