
Moldaviyada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Doga Eujeniu Doga Eujeniu (Evgeniy Dmitrievich) (1937.01.03, Moldaviya, Morka
qishlog’i) – moldavan kompazitori. Moldaviyada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi
(1974), Moldaviya xalq artisti (1982), Moldaviya FA akad.(1991). “Luchaferul”
baleti, kantatalar, simfonik va kamer asarlar, teatr spektakllar va 200 ga
yaqin kino videofilimlar uchun musiqalar yozgan. Musiqa uslubiga yorqin
ifodaviylik, ohangdorlik, jo’shqinlik va milliylik xosdir. Moldavan xalq
ohanglari zaminida yaratgan qo’shiqlari (“Gullar ummoni”, “Shahrim haqida
qo’shiq”, “Dnestr – mening faxrim” va boshqalar) va ayniqsa, kinofilimlar
(“Lautarlar”, “Tabar ko’kka intiladi”, “Mariya -Marabella”, “Menining nozik va
yoqimtoy qoplonim”, “Yovoyi” (“O’zbekfilm”), “Jamila” va boshqalar) uchun
yozgan musiqalari mashxur. Moldaviya
Davlat mukofati laureate (1980). Xalqaro musiqali filmlar festivali (