
Mulla Muso
ibn Mulla Isoxo’ja Sayramiy 1836 yil 23 avgustda Sharqiy Turkiston, Sayram
tumanida tavallud topgan. Tarixchi, davlat arbobi mudarris, adib va shoir. Muso
Sayramiy uyg’ur olimi Mulla Usmon oxund xalfadan Qur’on, hadis, tarix, adabiyot,
ilmi nujum, geografiya, arab va fors tillarini o’rgangan. “Mulla Muso”, “Bola
mulla”, “ Mulla abjad” nomlari hamda “Sayramiy” taxallusi bilan shuhrat
qozongan. 19 asrning o’rtalarida Sharqiy
turkistonda tashkil topgan uyg’ur davlati ma’muriyatida har xil lavozimlarda
ishlagan. Muso Sayramiy “Tazkiratul-avliyo, fi muftaxul imon”, “Tarixi
Aminiya”, “ Tarixi Hamidiya” kabi tarixiy asarlar va “Devoni masnaviy” she’rlar
to’plami, “Salomnoma” nomli asarlar muallifi. “Tarixi Aminiya” asarida Turkiston-Mo’g’ulistonda hukm surgan xonliklar
va xonlar, Yorkend xonligi, uni Manjur-Xitoylar tomonidan bosib olinishi, yerli
aholining mustaqillik uchun kurashlari hikoya
qilingan. Muso Sayramiy asarlari Turkistonning 14-19 asrlar tarixini
o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumot:
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Toshkent. 2003.