SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111213
15161718192021
22232425262728
293031    
Ingiliz faylasufi Lokk Jon tavallud topgan kun
1632-08-29

Lokk Jon 1632 yil 29 avgustda Rington shahrida tavallud topgan. Ingliz faylasufi, liberalizm asoschisi. Asosiy falsafiy asari “Inson aqli to’g’risida tajriba” inson bilimlarining kelib chiqishi, turlari va imkoniyatlarini tahlil qilishga bag’ishlangan. Lokk “Tug’ma g’oyalar” va axloq tamoyillari haqidagi nazariyalarni tanqid qilib, barcha g’oyalar 2 asoaiy manba-tashqi tajribadan kelib chiqadi, deydi. Lokk ta’limotiga ko’ra, tashqi tajribaning manbai sezgi a’zolarimizga ta’sir etuvchi obyektiv reallik, ichki tajribaning manbai esa kishining ichki hissi va kechinmalaridir. Lokk o’zining davlat haqidagi  ta’limotida davlat faoliyatida eng zaruriy narsalar bilan cheklanishi va xalq suvereniteti asosidagi konstitutsiyaviy hukumat bo’lishi lozim, deb hisobladi. Bu hukumat barcha uchun ozodlik va teng huquqlikni kafolatlashi kerak. Shuningdek, hokimiyat bo’lishi lozim. Lokk axloqiy qarashlarida sensualistik asoslarga tayandi. Pedogogikaga oid “Tarbiy haqida ba’zi fikrlar” asarida tashqi muhitning tarbiyaga hal etuvchi ta’sirini ta’kidladi. Diniy mutaassiblikka qarshi chiqib, din erkinligiga da’vat etdi. Diniy bag’ri kenglikka to’rt maktubini ba’g’ishladi. Lokkning ijtiomoiy-siyosiy konsepsiyasi tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma nazariyasiga tayanadi. U assotsiativ psixologiyaning asoschisi. Lokkning g’oyalari Yevropa falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkuri tarixida katta ro’l o’ynadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan