SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan bastakor Qurbonov To’lqin tavallud topgan kun
1936-10-13

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan bastakor Qurbonov To’lqin

                Qurbonov To’lqin Umarovich 1936 yil 13 oktyabrda Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug’ilgan. Yoshligidan boshlab musiqa bilan shug’ullandi. 1956 yili  Respublika R Glier nomli 10 yillik musiqa maktabini tugatdi va Toshkent Davlat Konservatoriyasining bastakorlik fakul’tetiga o’qishga kirdi. O’qish davomida uning simfonik musiqaga bo’lgan qobiliyati ko’rina boshladi. 1961 yili Konservatoriyani tugatib Hamza nomli San’atshunoslik institutining musiqa bo’limida ilmiy xodim bo’lib ishlay boshladi. 1963 yilda Qurbonov Toshkent Davlat Konservatoriyasining asperanturasiga o’qishga kirib, 1966 yilda B.I. Zeydman sinfini bitiradi. Uning o’qish jarayoni Leningrad konservatoryasining bastakorlik fakul’tetida  B. Arabov sinfini 1 yillik stajirovka bilan tugallaydi.                

                T.U. Qurbonov – yuksak qirrali bastakor. Uning birinchi asarlaridan biri “Sarahboriy buzruk” 1963 yilda simfonik orkister uchun yozilgan. U 3ta simfoniyaning muallifi (I - 1961yil, II – 1964 yil, III – 1966 yil). Bundan tashqari “Mashrab isyoni” vokal simfonik poemasini va  bir qancha fortopianino uchun asarlar, Umar Xayyom she’rlariga romanslar, “Osiyo” (1965 yil) simfonik poemalarini yaratgan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan