SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  1234
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
O'zbekiston xalq artisti Po'latov Sur'at tavallud topgan kun
1931-10-23

O'zbekiston xalq artisti Po'latov Sur'at 

Po'latov Sur'at Obidovich (1931.23.10, Toshkent ) – aktyor, xonanda (dramatik bariton). O'zbekiston xalq artisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan (1952). 1952-56 yillar Qashqadaryo teatrida aktyor, bosh rejissyor (1955-56) , 1956 yildan Muqimiy teatrida aktyor . Po'latov ijodi qahramonliklaridagi ezgu tuyg'ular , kuchli psixologik talqini , ularning ichki kechinmalarini ochishda chiroyli musiqiy xonishlar bilan to'ldirishi , o'ziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Ravshan (“Ravshan va Zulxumor”), Haydar (“Nurxon”), Zafar (“Zafar”), Teshaboy (“Toshbolta Oshiq”), Aziz (“Farg'ona hikoyasi”), Po'lat(“ Zarafshon qizi”), Nodir (“Guli siyoh”), Armon (“Qizbuloq”), Norqo'zi (“Yoshlikda bergan ko'ngil”), Usmonali (“Navoiy Astrobodda”), Otaizor (“Mangu mash'al”), Qul (“Na malakman, na farishta”), Ota (“Devona”) kabi 200 dan ortiq rolь ijro etgan. Xonanda sifatida “Yangi sozim”, “Sevgi niholi”, “Ochil gulim”, “Na'matak”, “Bayot IV “, “Parvona bo'libman”. “Aqli raso bo'lsin”, ”Yigit va qiz dueti” , “Otmagay tong”, “Abdurahmonbegi”, kabi qo'shik va ashula yo'llari bilan tanilgan. Po'latov televizion va videofilьmlar, telepostanovka va telenovellalar (“Na'matak” , “Gul va inson”, “Qorako'z “, “Ko'ngil ko'chalari”, “Sud davom etadi”, “Bir go'zal bormish” va boshqalar)da bir qancha rollar ijro etgan. Shuningdek, kinoda (“Gulistondan judo”, “Ko'zlarim yo'lingda”, “Kim jinni” va boshqalar) ham suratga tushgan. 1960 yildan “Tabassum” radiojurnalining boshlovchilaridan, dublyaj san'atida ham barakali ijod qilgan. Po'latov haqida “San'atga baxshida umr” (rejissyor Sh.Xo'jaev) bilan mukofotlangan (1995).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan