SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2022
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
293031    
Rus aviakonstruktori Tupolev Andrey tavallud topgan kun
1888-10-29

Rus aviakonstruktori Tupolev Andrey

Tupolev Andrey Nikolaevich (1888.29.10, Kalinin viloyati - 1972. 23.13, Moskva) – rus aviakonstruktori , akademik (1953), general-polkovnik muhandis (1968), 3 marta Mehnat Qahramoni (1945, 57, 72), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N.E. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika institutini tashkil qilgan (1918) , shu institut tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shug'ullanuvchi tajriba konstruktorlik byuroini tuzgan (1922) va uni boshqargan. Tupolev rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari , shu jumladan, ANT – 25 , TU – 104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti) , TU – 114, TU – 144 (tovushdan tezuchar fuqarolar samolyoti ) yaratilgan. Tupolyov samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922-24). Tupolyov samolyotlarida 78 jahon rekordi o'rnatilgan , 28 noyob uchib o'tishlar (shu jumladan, ANT – 4 samolyotida “Chelyuskin” paroxodi ekipajini qutqarish , ANT – 25 samolyotida V.P. Chkalov va M.M.Gromovning Shimoliy qutb orqali AQSh ga qo'nmay uchishi ) bajarilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan