SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Namangan viloyati tashkil topgan kun
1992-03-02

Namangan viloyati mamlakatimizning ko'p asrlik va ming yilliklar tarixiga ega bo'lgan o'lkalardan biridir. Chunki, bu o'lkada ko'plab qadimiy ajdodlarimiz yashagan manzilgoxlar bo'lib, ular juda qadimiy moziydan yoki eramizdan avvalgi ming yilliklardan darak beradi. Shu boisdan bu o'lka tarixini o'rganish ko'plab arxeolog-tadqiqotchilar e'tiborini tortib keladi. Namanganviloyatini arxeologik jihatdan o'rganish XIX-asrning oxirlarida N.Veselovskiy tomonidan Axsikent xarobalarini o'rganish bilan boshlanadi. So'ngra N.Sherbina tomonidan Koson arxeologiyasi ustida ish olib boriladi. 1930-35 yillarda Norin va qoradaryo oraligidagi so'nggi bronza va temir davriga oid Eylaton shahri bo'yicha tadqiqotni A.Latinin tashkil etadi. 40-yillarda Katta Farg'ona va Shimoliy Farg'ona kanallarini qurilishi davrida M.Masson, Ya.G’ulomov, T.Obuldiyeva, V.Jukovlar boshchiligida Namanganning qadimiy madaniyati va san'ati bo'yicha katta tadqiqot va kuzatish ishlari o'tkaziladi. 1946-yildan A.Bernshtam boshchiligida katta guruh tadqiqotchilar Koson shahrining qadimiy manzilgoxlarini o'rganib chiqadilar. Shu yillarda Chust, Pop, Axsikeit va viloyatning ko'plab qishloqlarida tekshiruv ishlari o'tkaziladi. Bu tadqiqotlar natijasida Koson, Chust, Pop, Eylaton, Axsikent shaxarlari va ularga qarashli bo'lgan ko'plab qishloqlarning eng qadimiy san'ati va madaniyatiga oid ashyoviy dalillar topilib, o'lkamizda eradan avvalgi ming yilliklarda ham o'troqlashgan qabilalar, xalqlar, davlatlar bo'lganligi va ularning san'ati va madaniyati ancha yuksak ekanligi haqida ilmiy xulosalar berildi. 1992 yil 2 martNamangan tumaniZarbdorjamoa xojaligiga qarshi Mingbuloqda kuchli neft favvorasi otilib chiqdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan