SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi Teodor German Albert Drayzer tavallud topgan kun
1871-08-27

Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi Teodor German Albert Drayzer 1871-yil 27-avgust kuni Torre-Xotda dunyoga keladi. 1892-yilda “Chikago deyli nyus” (“Chicago Dial News”) gazetasida muharriri bo’ldi. Unig birinchi asari 1900-yil “Baxti qaro Kerri” va 1911-yil “Jenni Gerxardt” romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-aloqiy masalalar tasvirlangan. 1912-yil “Istak trilogiyasi” (“Moliyachi”), 1914-yil “Titan”, 1947-yil “Motonat” yulg’ichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. 1915-yil “Daho” va 1925-yil “Amerika fojiasi” romanlarida pulning san’at ustidan fojiali hukmronligi va qanday yo’l bilan bo’lmasin, ijtimoiy “yutuqqa” erishishga intilgan “o’rta hol” yigitning ma’naviy halokati hikoya qilinadi. 1946-yil “Tayanch” romani, 1919-yil “Yigirma erkak”, 1923-yil “Katta shahar ranglari”, 1927-yil “Zanjirlar” , 1929-yil “Ayollar galeriyasi” novellalari, 1920-yil “Baraban qoq !”, 1913-yil “Fojiaviy Amerika” va boshqa publistik to’plamlari nashr etilgan. Teodor 1932-yilda Amsterdamda o’tkazilgan tinchlik va madaniyatni saqlash bo’yicha kongress tashkilotchilaridan biri bo’lgan. Yozuvchi o’z ijodida realizm bilan naturalizm tamoyillarini birlashtirgan. 1973-yil “Baxti qaro Kerri”, 1976-yil “Amerika fojeasi”, 1982-yil “Jenni Gerxardt” romanlari o’zbek tilida nashr qilingan. Yozuvchi 1945-yil 28-dekabr kuni Gollivudda vafot etadi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan