
Golland kimyogari, fizik kimyo va stereokimyo asoschilaridan
biri Vant-Goff 1852 yil 30 avgust kuni Rotterdamda dunyoga kelgan. 1874-1875
yillarda uglerod atomining to’rtala valent kuchlari tetraederning uchlariga
yo’nalgan degan fikrni olg’a surdi va organik birikmalarning molekulalarida
atomlarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi
bo’lib bayon etdi. Yakob Xendrik kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va
termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar
qildi. 1885-1887 yillarda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq
qilish mumkinligini isbot etdi, 1887 yilda eritmalardagi osmotik bosim qonunini
ta’riflab berdi. Bu qonun qonuni Vant-Goff qonuni deb ataldi. Yakob Xendrik
suv-tuz sistemalaridagi muvozanatni tadqiq etdi. 1901 yilda Nobel mukofotining
1-laureati bo’lgan. 1895 yildan Peterburg FAning xorijiy muxbir a’zosi 1878
yildan
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi