Diktor, O'zbekiston xalq artisti Rahimov Mirzohid tavallud topgan kun
1946-09-30

Diktor, O'zbekiston xalq artisti Rahimov Mirzohid
Rahimov Mirzohid (1946.30.9, Toshkent) – diktor. O'zbekiston xalq artisti (2000). O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (192). Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan (1971). 1964 yildan O'zbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi, rejissyor assistenti, 1967 yildan diktor. Rahimovning diktorlikka nutqi , ovozli qobiliyati kuchli bo'lib, yoqimli ovozi, ravon nutqi , matnni kuchli ehtiros bilan va ma'nodor qilib o'qishi tomoshabinga kuchli ta'sir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar , bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini , matbuotda chiqadigan ma'ruzalarini , tantanali xabarlarni mahorat bilan o'qiydi. Shuningdek “Nazm va navo”, “Yakshanba oqshomi “ ko'rsatuvlarini, mumtoz shoirlarning g'azallarini me'yoriga etkazib olib boradi va o'qiydi. Rahimov telefilm, kinoxronika va “O'zbekfilm” da filmlarga ovoz bergan.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishga undaydigan yetti sabab. 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Afg'on xalq ertagi O'zbek xalq bolalar o'yinlari YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan? Yer nimadan tarkib topgan?