SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111314
15161718192021
22232425262728
293031    
Shoir Mahmud Toirov tavallud topgan kun
1952-08-31

Shoir Mahmud Toirov 1952-yilning 31-avgustida Toshkent viloyatining Parkent qishlog’ida tavallud topgan. Mahmud Toirov 1959-yil Nizomiy nomidagi o’rta maktabga o’qishga kirib, uni 1969-yili tamomlaydi. Huddi shu yili Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kiradi. Ayni paytda talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor bo’lib ishlaydi. Kechki bo’limda o’qigani bois, 1971-1973-yillarda harbiy xizmatda bo’ladi. 1973-yili xizmatdan qaytib o’qishni davom ettiradi. Sobiq “Yosh gvardiya” nashriyotida musahhih va musahhihlar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlaydi. 1977-yili universitetni tugatib, Respublika radiosining bolalar va o’smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida mehnat faoliyatini davom ettiradi. 1984-yilda “Parkent tongi” gazetsiga muharrir etib tayinlanadi. 1999-yil iyun oyidan boshla O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo’limimg mas’ul kotibi lavozimida ham ishlab kelmoqda. Mahmud Toirovning birinchi she’ri o’rta maktabning 7-sinfida o’qib yurgan kezlari “Tannoz kelur” nomi bilan Parkent tumanining “Sur’at” gazetasida e’lon qilingan.  Ilk to’plami “Ayt endi, yuragim” esa 1991-yilda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etildi. Shundan so’ng shoirning “Biz nechun uchrashdik” (1992-yil), “Muhabbat shevasi” (1995-yil), “Oqib ketgan armonlar” (1996-yil), “ Barmoqlar bodasi” (1998-yil), “Haqni tanib” (1999-yil) kabi to’planma va saylanmalari nashr etilgan. Shoirning “Oqib ketgan armonlar” va “Otamning o’kinchi” nomli dostonlari o’z samimiyati bilan o’quvchilar e’tiborini qozongan. Mahmud Toirov she’rlari respublikamizning o’nlab taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda. Mahmud Toirov ijodi, mehnat faoliyati munosib taqdirlandi. 2001-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. 2005-yilda unga “O’zbekiston zalq shoiri” unvoni berildi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan