SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Avstriyalik yozuvchi Frans Kafka tavallud topgan kun
1883-07-03

Avstriyalik yozuvchi Frans Kafka 1883-yil 3-iyul sanasida Praga shahrida dunyoga keladi. U ijodini 1909-yilda hikoyalar yozish bilan boshlagan. Uning “Kuzatish” 1913-yil hikoyalar to’plami, “Hukm”, “Guloh” 1913-yil, “O’zgarish” 1916-yil hikoyalari alohida nashr etilgan. 1- jahon urushidan so’ng Frans “Axloq tuzatish koloniyasida “ (hikoya, 1919-yil), “Qishloq shifokori” 1919-yil, “Yo’qsil” 1924-yil to’plamlarini  nashr etdi. Yozuvchini  “Amerika” (tugallanmagan, 1914- yil), “Jarayon” 1915-yil, “Qo’rg’on” 1922-yil  romanlari, “Xitoy devori qurilishida” 1931-yil va boshqa hikoyalar to’plami uni dunyoga tanitdi va ushbu to’plamlar muallifning vafotidan so’ng e’lon qilindi. Fransning asarlarida voqealarning mubolag’ali va ramziy tasvirlari orqali insonning nodonlik va jaholat qarshisidagi fojeaviy ojizligi aks ettirilgan. Ularda qonun va inson, nur va zulmat mavhumlik holatida berilgan, bu holatdan qutilishning iloji topilmaydi. Ijodi 20- asr G’arb adabiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. “Otamga xat” (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001-yil),  “Evrilish”, “Ochlik san’ati” va boshqa asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Yozuvchi 1924-yil 3-iyul kuni Vena yaqinidagi Kirling shahrida vafot etdi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan