SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2022
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
293031    
Shoir Shukur Qurbon (Olimjon o’g’li) tavallud topgan kun
1951-07-06

Shoir Shukur Qurbon (Olimjon og’li) - 1951 yil 6 iyulda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1, 14-o’rta maktablarda va 8-maktab-internatda oqigan. 1968-1973 yillarda hozirgi O’zMUning filologiya fakultetini bitirib, «Sharq yulduzi» jurnali tahririyatida ish faoliyatini boshlagan. Shundan keyin O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiningToshkent viloyat bo’limida,O’zbekiston teleradiokompaniyasida, «Sog’lom avlod uchun» jurnali muharririyatida xizmat qilgan. Ilk she'rlari O’zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov nazariga tushgan, ustoz unga «Oq yo’l» tilagan. Shoir bitiklari darslik va qo’llanmalardan o’rin olgan. O’zbekiston radiosi «Oltin fondi»da uning radiopostanovka va yuzga yaqin qo’shiqlari saqlanmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy yo’nalishdagi asarlari uchun 1989 yilda shoir Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasi mukofoti sohibi. Shoir mustaqillik yillarida samarali ijod qildi. O’nga yaqin she'riy to’plam, yigirmaga yaqin qo’shiq, Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov, Tohir Malik va Muhammad Yusuflar haqida badia va esselar yaratdi. Jonajon istiqlolimizni sharaflovchi sonetlar guldastasini e'lon qildirdi (“Sharq yulduzi” jurnalida), ma'naviyatimiz  merosi bo’lmish hadisi shariflar asosida yozilgan 1600 ta to’rtligi adabiyotimizda o’ziga xos voqea bo’ldi. Tarjima sohasida ham shoir barakali qalam tebratgan: u jahon adabiyoti vakillaridan Franchesko Petrark Adam Mitskevich, Jak Prever, Nozim Hikmat, M. Yu. Lermontov, A. S. Pushkin, Rasul Ҳamzatov, Ye. Yevtushenko va boshqalarning asarlarini  ona tilimizga o’girgan. Shukur Qurbon 1982 yildan beri O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. Bugungi kunda Shukur Qurbon Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi “Nashriyot-matbaaxizmati”ida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan