SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Rus sharqshunosi Krachkovskiy Ignatiy Yulianovich tavallud topgan kun
1883-03-04

Krachkovskiy Ignatiy Yulianovich (1883.04.03, Vilno, hozirgi Vilnyus – 1951.24.01, hozirgi Sankt-Peterburg) – Rus sharqshunosi. (1921). Bir necha chet el akademiyalari va sharqshunoslik jamiyatining azosi, zamonaviy rus sharqshunosining asoschilaridan biri. Peterburg institutining sharq tillarini fakultetini tugatgan (1905). Petrorgrad institutining proffesor (1918 yildan). Krachkovskiy Ignatiy arab tili adabiyotini, fors turk, xabash (efiop), lotin, yahudiy va bir necha g’arb tillarini bilgan. Arab adabiyoti, tili, tarixi va madaniyatiga, Rosiya va chet ellardagi sharqshunoslikka oid 400 dan ziyot ilmiy asar yozgan. Krachkovskiy Ignatiy islomcha bo’lgan davrda 18-asrgacha yashagan arab geograflari haqida yirik asari (“Arab geografik adabiyoti”)da jahon fanida Beruniy, Ibn Sino kabi arabnavis mutafakkirlarining buyuk xizmatlarini ko’rsatib berdi. Krachkovskiy Ignatiy 1931 yildan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va O’rta Osiyo tarixiga oid arab manbalarini to’plash bo’yicha Fanlar Akademiya tomonidan tashkil etilgan komissiyasiga boshchilik qildi. Uning raxbarlikdagi turkman xalqi tarixiga oid arabcha matnlarining tarjimasi e’lon qilindi (1939). Krachkovskiy Ignatiy uning rafiqasi V.A. Krachkovckaya tomonidan nashr etilgan arab tilidagi hujjatlar majmui – “Sug’diyona to’plami” O’rta Osiyo tarixini o’rganida muayan ahamiyatga ega. Krachkovskiy Ignatiy “Quron”ni adabiy manba sifatida rus tiliga tarjima qildi; “Ming bir kecha”, “Kalila va Dimna” va boshqa asarlarni rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan. Krachkovskiy Ignatiy rus sharqshunosligi , rus-arab aloqalari tarixini tarixini yoritib beruvchi muhum tatqiqotlarining (“Arab qo’lyozmalari ustida”, 1945, keyinchalik bir necha marta nashr etilgan; “Rus adabiyotshunosligi tarixi ocherklari”, 1950 va boshqalar) muallifi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan