SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq artisti Xayitova Olmaxon tavallud topgan kun
1940-03-06

Xayitova Olmaxon (1940.06.03 Xorazm) - xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1993). Ashula aytishni dastlab O’. Saidov, keyinchalik K. Otaniyozovdan o’rgangan. Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1974). Ayollar orasida tor chalib kuylashni rasm qilganlardan biri. Yangi yo’l teatri (1958-1959), «Xorazm» (hoz. «Lazgi») ansambli (1959 - yildan)da yakkaxon xonanda. «O’zbeknavo» birlashmasining Xorazm viloyati bo’limi rahbari (1995-2003), Toshkent madaniyat inverstetida prof. (2003 yildan). H. barcha sardalarda jarangdor, kuchli va keng diapazonli ovoz sohibasi. Repertuaridan ommabop qo’shiqlar, mumtoz ashulalar («Feruz - 1», «Toshkent Irogi» va boshqalar), Xorazm xalq doston qo’shiqlari («Oshiq G’arib va Shohsanam»dan «Ozod qil», «Bilo-bilmadim», «Xatingni» va boshqalar), bastakor va kompozitorlar asarlari (Hojiabdulazizning «Guluzorim», «Samarqand Ushshog’i», K. Otaniyozovning «Naylayin», S. Hayitboyevning «O’zbekiston gullari» va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon xalq qo’shiqlari o’rin olgan. Ijrolari O’zbekiston radiosi fonotekasiga (jami 250 dan ortiq), bir necha gramplastika («O’zbekiston gullari», 1976 va boshqalar) va audiokassetaga yozilgan. H. ijodiga bag’ishlangan «Olmaxon Hayitova kuylaydi» telefilmi ishlangan (1982). Bir qator mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. Olmaxon Xayitova 2014 yilning 1-yanvarida Xorazm shaxrida vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan