SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Folklorshunos olim Mirzayev To’ra tavallud topgan kun
1936-03-06

Mirzayev To’ra  (1936.06.03, Shofirkon tumani) - Folklorshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1988). professor (1991). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1957). Jarqo’rg’on tumani maktablarida o’qituvchi va o’quv bo’lim mudiri (1957-1960), O’zbekiston  Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant (1961-1963), kichik (1964-1966), katta ilmiy xodim (1966-1971), folklor bo’limi mudiri (1971-2002), direktor (1991 yildan, 1991-1998 yillarda - Adabiyot instituti), O’zbekiston  Fanlar Akademiyasi vitseprezidenti (2001 yildan). M. tadqiqotlari xalq dostonlari va baxshilar epik repertuarini o’rganishga bag’ishlangan. «Bulbul taronalari» (1971-1973), «Pesni Bulbulya» (1974-1977), «Uzbekskaya narodnaya poeziya» (1990), «Go’ro’g’li» dostonlari (1996-97), «Alpomish» (1999) kabi yirik asarlarni nashrga tayyorlagan va muharrirlik qilgan. O’zbek xalq qahramonlik eposi «Alpomish»ni nemis tilida Vaysvadenda nashr ettirgan (hamkorlikda, 2001). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan