SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
O’zbekiston xalq artisti Mazohidova Rahima tavallud topgan kun
1930-03-08

Mazohidova Rahima (1930.08.03, Qo’qon) - xonanda va aktrisa. O’zbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini , M. Qoshiyev rahbarligidagi badiiy havaskorlik to’garagida boshlagan (1948-1954). Qo’qon mubiqali  drama teatrida ishlagan (1954-1994). Qo’qon shahar 1-madaniyat uyi qoshidagi .«Omon yor» ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981 yildan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov. «Arshin mol olon»), Tojiniso (S. Abdulla, «Muqimiy»), Nursuluv (K. Shangitboyev, K. Boyseitov, A. Muhamedov, «Jon qizlar»), Mastura satang, Rahima xola (Hamza, «Xolisxon», «Boy ili xizmatchi»), Ra'no (M. Nazarov, «Do’st nidosi») kabi bir qancha obrazlar yaratdi. Ular chaqqon va chechan, hajviy va grotesk xususiyatlarga hamda lirik-dramatik, fojiaviy va falsafiy qarashlarga boydir. Mazohidova Rahima doira jo’rligida to’y marosim qo’shiqlari («Yor-yor». «Kelin salom» va boshqalar), xalq lapar va yallalari («Deydi-yo», «Bo’g’macha bilagim», «Omon yor», «Yalli-yali», «Qarinavo» va boshqalar), ayrim mumtoz asar («Feruz», «Qo’qon Ushshog’i», «Guluzorim», «Mujgonlarim», «Farg’ona tong otguncha», «Bir kelib ketsun» va boshqa)larga o’zgacha talqin bergan. «O’zbekfilm» studiyasining «O’tgan kunlar» (1969), «Zulmatni tark etib» (1973), «Ota vasiyati» (1979) filmlarida suratga tushgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan (1997).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan