SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   134
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq artisti Mirkarimova Qunduz tavallud topgan kun
1928-03-08

Mirkarimova Qunduz! (1928.08.03, Toshkent)- raqqosa, baletmeyster va pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1966). Tamaraxonum nomidagi balet maktabida ta’lim olgan (1937-1941), Katta teatr (Moskva) qoshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1951). Yangiyo’l musiqali drama va komediya teatirida (1943-1946),Muqumiy teatirida (1946-1949), Navoiy teatrida (1951-1953), O’zbekiston davlatfilarmoniyasida (1953-1956) yakka raqqosa ”Baxor”ansanbilida yakka raqqosa va pedagog-repetitor (1957-1967), badiiy rahbar (1979-1988), Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagog (1964-1979 va 1988 yildan; 1996 yildan professor). Mirkarimova ijrosidagi raqslar samimiy, nafis va jozibadorligi, xarakatlari sho’x va jo’shqinligi bilan ajralib turadi. “G’ayratli qiz”, “Katta o’yin”, “Xorazmcha raqs”, “Uyg’urcha raqs”, “Roxat”, “Jonon”, “Nay navosi”, “Baxor tongi”, “Tanovor”, “Zang o’yin”, “Pomircha raqs”, “Dildor”, “Gulrux”, “Gulnoz” kabi mumtoz, xalq, zamonaviy va boshqa xalqlar raqsini mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, u maqom kuylariga tushgan raqslari bilan mashxur. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan