SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
O’zbekiston xalq artisti Hamidova Manzura tavallud topgan kun
1914-03-08

Hamidova Manzura (1914. 08. 03) Toshkent - 1998. 04.10) – O'zbekiston xalq artisti (1969). Dastlab Toshkentdagi ishchi-yoshlar teatri (1934-1936), Termiz teatri (1936-1941), Muqimiy teatr (1941-1943)larida ishlagan. 1943 yildan umrining ohirigacha Yosh tomo- shabinlar teatrida aktrisa. Muqimiy teatrida yaratgan «Arshin mol olon» (U. Hojibekov)dagi Gulchehra, «Farhod va Shirin» (Xurshid)dagi Mohinbonu, «Nomus va muhabbat» (K. Yashin) dagi Onaxon, «Gulsara» (K. Yashin)dagi Oysara kabi rollarida uning musiqiy qirralari namoyon bo'ldi. Yosh tomoshabinlar teatrida, asosan, onalar ashlariga ixtisoslashgan. Onalar va buvilar qalbini, mehr-muhabbatini chuqur ochib berish, o'tkir psixolik shogik tahlil, kuchli dramatizm, ishonarli va hayotiy talqin Hamidova Manzura ijodiga xosdir. «Yoriltosh» (Sh.Sa'dulla), «Sirli sandiq» (O.Tolipov)da o'gay ona, «Abdulla Nabiev» (R.Rahmat)da ona, «Kim aybdor» (I.Ahmedov)da buvijon, «Chippolino» (Rodari)da Olchaoy, «Qovoqvoy va Chanoqvoy» (P.Mo'min)da Qovoqxola, «Oq kema» (Ch.Aytmatov)da Ona bug'u, «O'z uyingdasan» (M.Boboev)da Mehri xola, «Zumrad va Qimmat»da o'gay ona singari rollari bilan tanildi. O'zbekiston televideniesining «Otalar so'zi - aqlning ko'zi» ko'rsatuvining doimiy qatnashchisi bo'lib, mushfiq onalar timsolini turli ko'rinishlarda gavdalantirgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1997).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan