SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   134
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq artisti Yo’ldosheva Muhabbat tavallud topgan kun
1923-03-08

Yo'ldosheva Muhabbat (1923.08.03, Toshkent) - O'zbekiston xalq artisti (1969). 1939 yildan Respublika yosh tomoshabinlar teatrida ishlaydi. U yaratgan obrazlarning aksariyati ijobiy bo'lib, uning qahramonlari hayotiyligi, samimiyligi, dramatik kuchi, inson psixologiyasini chuqur his qila bilishi va uning ruhiy holatini tomoshabinga to'liq etkaza olishi bilan ajralib turadi. «Qamar» (X. Qosimov) spektaklidagi Qamar uning sahnadagi ilk rolidir. Eng yaxshi rollari: Zolushka («Zolushka»), Gerda («Qor malikasi»), G'ujumoy («Qovoqvoy va Chanoqvoy»), Mo''tabar («Mardlar qissasi»), Galya («Amu qahramonlari»), Juliya («Veronalik ikki yigit»), Eremeevna («Noraso»), Dora xola («Tom tog'aning kulbasi»), Ona («Shum bola») va boshqalar. U, shuningdek, travesti rollar ustasi. Telespektakllarda Buviniso («Elmurod»), Xosiyat xola («Erk»), Ona («Qoraqalpoq qizi»), Sora («G'ulg'ula»), Muloyim xola («Qaynona»), Halima («Hoji afandi uylanarmish») kabi obrazlar yaratgan. «Mehnat shuhrati» ordeni (1997), «Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan