SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
OQTUBA viloyati tashkil topgan kun
1992-03-10

OQTUBA VILOYАTI - (1992 yilgacha Aktyubinsk viloyati) - Qozog'iston Respublikasidagi viloyat. 1932 yil 10 martda tashkil etilgan. Respublikaning g'arbiy qismida. Maydi 300,6 ming km2. Aholisi 718,9 ming kishi (1999), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Oqtuba viloyatida 13 ma'muriy tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Ma'muriy markazi - Oqto'ba shahar. Oqtuba viloyati g'arbda Kaspiybo'yi pasttekisligi, janubida Ustyurt platosi, janubida-sharqda Turon pasttekisligi va shimolida Ural tog'lariningjan, tarmoqpari oralig'ida. Viloyatning katta qismi tekislik (balandligi 100-200 m); o'rta qismida Mug'ojar tog'lari (eng baland joyi 657 m), g'arbiy qismida Ural yoni platosi, janubida- sharqda Orolbo'yi Qoraqumi, Katta va Kichik Bo'rsiq qumlari, shimoli-sharqsa To'rg'ay platosi bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq. Yozda tez-tez garmsel va to'zon, qishda esa qor bo'ronlari bo'lib turadi. Oqtuba viloyati shimoliy-g'arbida iyulning o'rtacha t-rasi 22,5°, janubida-sharqida 25°, yanvarda shimoli-g'arbida -16° va janubi-sharqida -15,5°. Yiliga shimoli-g'arbida 300 mm ga yaqin, markazi va janubida 125-200 mm yog'in yog'adi. Vegetatsiya davri shimoli-g'arbida 175 kun, janubi-sharqida 190 kungacha. Daryolari Kaspiy dengizi va kichikroq ko'llarga quyiladi. Yirik daryolari - Emba, Uralning irmoqlaridan - Ur, Ilek, shuningdek, Irg'iz, Uil, To'rg'ay va Sag'iz. Aksari daryolari kam- suv, yozda qurib qoladi. 150 ga yaqin, asosan, sho'r ko'llar bor. Viloyatning shimoli-g'arbida qoratuproq va kashtan tuproqlar, o'rta va shimoli-sharqida och kashtan va bo'z tuproqlar tarqalgan. Janubida sho'rxoklar ham uchraydi. Viloyatning shimoli-g'arbida xilma-xil dasht o'simliklari, janubida esa chala cho'l va cho'l o'simliklari o'sadi. Yumronqoziq, qo'shoyoq, sichqon kabi kemiruvchilar ko'p. Yirtqich hayvonlardan bo'ri, qarsak tulki bor, jayran va sayg'oq saqlanib qolgan. Oqtuba viloyatida yirik sanoat (asosan, konchilik, kimyo, mashinasozlik va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi) va qishloq xo'jaligi (lalmikor dehqonchilik hamda yaylov qo'ychiligi) rivojlangan. Viloyat energetikasi asosan Qarag'anda ko'miriga asoslangan. Xromit, mis, nikel-kobalt rudalari, titan, oltin, shuningdek, fosforit (Oqto'ba fosforit havzasi), nefg va tabiiy gaz boyliklari ko'p. Konchilik, kimyo, ferroqotishma va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati korxonalari Mug'ojar tog'laridadir, viloyatning markaziy va janubida qismida neft va gaz qazib olinadi. Oqto'ba shahrida ferroqotishma, xrom birikmalar, rentgen apparaturasi, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, mexanika, avtomobil ta'mirlash zavodlari va engil hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari, kimyo k-ti bor. Erning ko'p qismi yaylov va o'tloqlar. 1956-1958 yillarda 1,6 mln.ga dan ortiq qo'riq va bo'z erlar o'zlashtirilib, g'allachilik xo'jaliklari barpo etildi. G'alla, texnika ekinlari (asosan, kungaboqar), kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Koramol, qo'y, echki, yilqi, tuya boqiladi. Viloyatning shimoli-g'arbida lalmikor g'allachilik (bahorg'i bug'doy, arpa, tariq), go'sht-sut chorvachiligi, cho'chqachilik va parrandachilik rivojlangan. Viloyatning qurg'oqchil hududida yaylov chorvachiligi (go'sht-yog' va go'sht-jun) va dehqonchilik bilan shug'ullaniladi. Shalqar ko'lida baliq ovlanadi. T.y. uzunligi 1140 km. Asosiy t.y.lari: Orenburg-Oqto'ba- Toshkent va Aterov - Qandag'ach - Orsk. Havo yo'llari Oqtuba viloyatini Moskva, Olmaota va viloyatning boshqa tumanlari bilan bog'lab turadi. Oqtuba viloyatidan Aterov - Orsk neft quvuri o'tadi. Oqtuba viloyatida ped. va tibbiyot institutlari, kutubxonalar bor.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan