SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Qodirov Muhsin Xalilovich tavallud topgan kun
1932-03-10

Qodirov Muhsin Xalilovich (1932.10.03, Shahrisabz) - teatrshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). San'atshunoslik direktori (1976), prof. (1980). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1955). Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasida katta mutaxassis (1955-57). Toshkentdagi San'atshunoslik institutida ilmiy xodim (1957-58), katta ilmiy xodim (1961-1964, 1966-1976), ilmiy kotib (1964-1966), 1976 yildan bo’lim mudiri. 1962 yildan San'at institutida dars beradi (1996-1998 yillar intrektori). Ilmiy faoliyati o’zbek xalqi tomosha san'atlari (an'anaviy teatr, raqs, sirk, maydon tomoshalari va bayramlar)ni o’rganishga bag’ishlangan. Qodirov Muhsinning «O’zbek xalq og’zaki dramasi» (1963), «Masxaraboz va qiziqchilar san'ati» (1971), «Xalq qo’g’irchoq teatri» (1972), «O’zbek teatri an'analari» (1976), «O’zbek xalq tomosha san'ati» (1981), «Navoiy va sahna san'ati» (2000) kabi kitoblari alohida qimmatga ega. Q. «Tanbur nolasi» (Farg’ona teatrida qo’yilgan), «Sehrli uzuk» (Rus yosh tomoshabinlar teatrida, Kattaqo’rg’on, Qashqadaryo, Surxondaryo teatrlarida qo’yilgan), «Kenja qiz», «Sirli nay» (Respublika qo’g’irchoq teatrida), «Baxt qushi» (Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan), «Susanbil» (Xorazm qo’g’irchoq teatrida qo’yilgan), «Samar va qand qissasi» (Samarqand viloyat qo’g’irchoq teatrida sahnalashtirilgan) kabi pyesalar yozgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan