SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq artisti Yusupova To’ti tavallud topgan kun
1936-03-10

Yusupova Toti (1936.10.03 samarqand) - Ozbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1957). 1957 yildan hoz. O’zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A.Qahhor, «Shohi so’zana»), Sonya (A.Chexov, «Vanya tog’a»), Qorasoch (Uyg’un, «Shubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlug’ qon»), Ona (E' Robles, «O’limdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O’. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni»), Fotima, Zebi (O’.Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.To’la, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qaqramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy go’zallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan ta'minlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yusupova To’ti ijodiga xos. «Qalliq o’yin» (Qizbibi), «Eski zamon hangomalari» (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan