SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Estrada xonandasi Movlonov Mardon Hamroqulovich tavallud topgan kun
1963-03-11

Movlonov Mardon Hamroqulovich (1963.11.03, Samarqand) - estrada xonandasi (lirik tenor). O’zbekiston (1999) va Tojikiston (2000) xalq artisti. Samarqand san'at bilim yurtini tugatgan (1984). Samarqand viloyati filarmoniyasi yakka xonandasi (1980- 1985), Samarqand tumani «Samarqand taronalari» ansamblining badiiy rahbari (1985 yildan). O’z ijodida milliy musiqa merosi, ayniqsa, Buxoro - Samarqand mahalliy uslubidagi musiqa namuna (mavsumiy marosim aytimlari, mavrigi va boshqa)larini estradaning «folk-pop» uslubida qayta ishlagan. Repertuaridan o’rin olgan ba'zi qo’shiqlari («Saname»,«Xandi-danosh»,«Samarqand to’yona qo’shig’i», «Asiraman», «Samarqand qizlari»va boshqalar) ning musiqasini o’zi yozgan. Film («Sharif va Ma'rif» va boshqa)larda ham qo’shiq aytgan. Ijro etgan qo’shiqdari bir nechta lazer diskiga yozilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan