SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Termiz hayvonot bog’i tashkil etilgan kun
1938-09-01

1991 yil 1sentyabrda O‘zbekiston o‘z Mustaqilligini e'lon qilgandan keyin iqtisodiyot sohasida, madaniyatda, har bir shaharning yashash sharoitida, Respublika qishloqlarida , shu jumladan Termizda ham yangi imkoniyatlarga yo‘l ochildi. XX asrning oxirgi o‘n yilligi davri faol rivojlanish, jadallashish, xalq ma'naviyatining o‘sishi, ajdodlar merosining qayta ta'mirlashda, madaniyatimizning o‘sishida muhim davr bo‘ldi. Mustaqillikdan buyon Termiz shahri ham boshqa shaharlar qatorida iqtisodiy rivojlanishda jadallashdi. Termizning ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangilash maqsadida moddiy-texnika bazasi yaratildi, yangi zamonaviy korxonalar qurilmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, Termizda oxirgi yillar davomida shaharning 2500-yilligi munosabati bilan ekspluatatsiyaga arxeologik muzey binosi, 3000 kishilik teatr, temir yo‘l vokzali, “Istiqlol” biznes-markazi, viloyat tashkilotlari 7-qavtlik binosi, “A.Navoiy, bobur nomli madaniy va  istirohat bog‘lari topshirildi. Yangi hiyobonlar, shaharga to‘g‘ri tushgan markaziy yo‘l va tungi Termizni yoritish uchun yangi ishlar olib borildi. Xakim at-Termiziy va shaharning ko‘pgina maydonlarida o‘nlab favvoralar barpo etildi shuningdek, vioyat ilmiy markazi tez yordam xizmati ishga tushirildi, “Bolajon” bolalar bog‘i ta'mirlandi, yangi markaziy bozorlar ishga tushdi. Viloyat madaniyat teatri tiklandi, rassom Ro‘zi Choriyevning galereyasi barpo etildi. Hayvonot bog‘larining ham qayta tiklanishiga  va u yerda yashaydigan hayvon va qushlarni ko‘paytirishga ham katta ahamiyat berildi.  Aynan yangidan ta'mirlangan Termiz hayvonot bog‘ida 140taga yaqin noyob hayvonlar boqiladi. Hayvonot bog‘ining o‘zi ham bayram va turli sayllarda mahalliy xalqning ko‘ngilochar maskaniga aylandi. Bolalar istagan paytlari ota-onalari bilan aylanib, maroqli dam olib shu bilan birga dunyo hayvonot bog‘lari jonivorlari haqida ham qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan