Andijon teatri tashkil topgan kun
1919-11-30
Yo'ldosh Oxunboboev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri-to'ng'ich o'zbek profsssional teatrlaridan. 1919 yil noyabr-dekabr oylarida Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligida “Yagona truppa” nomi bilan rasman ish boshlagan. Truppaning tashkiliy, ijodiy takomilida T. Jalilov, A. Azimov (Otash), B. Fayziev, Orifjon Toshmatov (Orif Garmon), M. Najmiddinov, Ishoq qori Karimov kabi sozanda, bastakor va qofnzlar, shuningdek S. Znyoev, M. Karimov, B. Mashrabiy, A. Isroilov, F. Boybekov singari ijodkorlar munosib hissa qo'shganlar. 1924 yil teatr "Umid" truppasi nomi bilan Andijon maorif bo'limiinxtiyoriga olinadi. Trulpaga A. Ismatov, Q. Oxunov, Hoji Zunnun kabi aktyorlar qo'shiladi. Dastlab repertuar asosini ma'rifiy ruhdagi hajman katta bo'lmagan asarlar tashkil etgan, Truppa safida sozanda va ovozli aktyorlarning borligi jamoaga sof drama qatori musiqali drama spektakllarini yaratish imkonini berdi. “Hind ixtilochilari” (A. Fitrat), "Padarkush" (M. Behbudiy), “Yorqinoy” (Cho'lpon), “Fidoiy muxabbat” (Sh. Rasulzoda), "Erk bolalari", “Yetim va yetima” (F.Zafariy), “Lolaxon” (K.Yashin) kabi spektakollar musiqaviy ifodaga, xalq qo’shiqlariga boyligi bilan tomoshabin e’tiborini qozondi. Hamzaning “Zaxarli hayot”, Uyg’urning “Turkiston tabibi” kabi asarlari ham o’rin oldi. Teatrga tajribali rejisiyorlardan M. Tojizoda, Ali Ardobus, X. Qoriyev O’g’izlar taklif etildi. 1920 yillar repertuarlaridan rus bosqinchiligiga qarshi ohang bilan sug’orilgan ba’zi pyesalarning uchrashi alohida e’tiborga loyiq. K. Ramziyning “Vatan qahramoni”, zanjirband etilgan ona timsolida “olami Turon” obrazini ifoda etuvchi “Ona Vatan”, Behbudiyning “Padarkush” kabi asarlari shular jumlasidandir. 1927 yilda teatr Andijon shahri Davlat truppasi nomi bilan qayta tuziladi. Unga etnografik-konsert ansambilidan M.Qoriyuqubov, Tamaraxonim, G. Rahimova, Qo’qon teatri artistlaridan M. Qo’ldoshyev, L. Sarimsoqova, S. Xo’jayev, U. Aabdullayev, 1929 yil. H. Nosirova, M. Azizova, Sh. Rahimova kabi san’atkorlar kelib qo’shiladi. K. Yashinadabiy emakdosh, T. Jalilov musiqa raxbari etib tayinlanadi. “Halima” (F. Zafariy), “Layli va Majnun” (Xurshid), “Arshin mol olon” (U.Hojibekov), “Ikki boyga bir malay” (K.Goldoni) “Hujum” (V.Yan), “Malikai Turandot” (K.Gossi) kabi spektakllar truppaning professional sahna mahorati oshishida, o’z ijodiy qiyofasiga ega bo’lishida muhim ro’l o’ynaydi. 1931 yilda teatrga Y.Oxunboboyev nomidagi ikkinchi o’zbek davlat drama teatri nomi berildi. Teatrning 30-yillardagi ijodiy rivojida badiiy rahbar I.Karimov, direktor M. Qoriyoqubov, musiqa rahbari T. Jalilov, adabiy emaldosh S.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan?