SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Arinin Mixail Aleksandrovich tavallud topgan kun
1897-09-03

Arinin Mixail Aleksandrovich (1897.3.09, Saratov guberniyasi – 1967.7.5, Toshkent) – rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1951). 1924 yildan dastlab Qo’qonda, so’ng Toshkentda yashab ijod qilgan. 1930 yillarda “Paranjini yondirish”, “G’o’za chopig’i” (1935), “Paxta topshirish” (1937) va boshqa asarlarni yaratdi. 2-jahon urushi yillari O’zbekiston Telegraf Agentligida ishladi. Shimoliy Kavkaz frontida bo’lib, “Nemislar ketgandan keyin”, “Tog’lik qiz portreti”, “Fashistlar qiynoqxonasida” asarlarini, urushdan keyin “Musobaqalashmoqdalar” (1949), “Shohimardon yo’lida” (1957) kabi asarlarni ishladi. 1956-57 yillarda u O’. Tansiqboyev va K.Cheprakovlar bilan Navoiy teatri foyelarini devoriy rasmlar bilan bezadi. Arinin manzaralari (“Sirdaryo”, 1960, “Bahor”, (1962) da O’zbekistonning go’zal tabiatini aks ettirdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan