SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Мehtarlik san’ati an’analarining bilimdoni, surnay, karnay, nog’ora yo’llarining ustasi Ashurali Mehtar Yusupov tavallud topgan kun
1893-07-11

Ashurali Mehtar Yusupov 1893 yil 11 iyul sanasida Andijon viloyatida tug’ilgan. U xalq dorbozlari va qo’g’irchoqbozlarining hamkori, mehtarlik san’ati an’analarining bilimdoni, surnay, karnay, nog’ora yo’llarining ustasi. Ashurali Mehtar 1940 – 1965 yillarda Muqumiy nomidagi musiqali drama va komediya teatr sozandasi bo’lgan. U “Hujum”, “O’rtoqlar”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” asarlariga musiqa bastalashda T.Jalilov, M.Tillayevlarga hamkorlik qilgan. Ashurali Iamoilovning “Rustam” dramasiga musiqa bastalagan. San’atshunoslik insititutida Ashurali Mehtar ijro etgan o’zbek an’anaviy musiqasi nodir yozuvlari saqlanmoqda. Ashur Mehtar ijrosidagi Buzruk (savtalari bilan), Dugoh (ufor va savtlari bilan), Iroq (mushkilot ufor, duchavalari bilan),Nasr (talqini bilan), Yalang davron (ufori bilan), Mustahzod (uforlari bilan), Navo (savti, mushkiloti, charxlari bilan) kabi 40 dan ortiq mumtoz kuy Y.Rajabiyning “O’zbek xalq musiqasi”to’plamidan o’rin olgan. U “Dorbozlar” va boshqa filmlarda xalq sozandasi sifatida qatnashgan. Ashurali 1944 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist unvoniga sazovor bo’lgan. U 1980 yil 1 may kuni Toshkentda vafot etdi.

Ma'lumot: O'zbekiston miliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.


     


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan