
O’zbekiston
Respublikasi kitob palatasi – (Navoiy ko’chasi,30) –
O’zbekistondagi bibliografiya va matbaa
statistikasi sohasidagi markaz.1926 yil
3 yanvarda Samarqandda tashkil etilgan. 1934 yildan Toshkentda 2002yilga
qadar O’zbekiston Davlat matbuot qo’mitasi
huzurida ish yuritgan, keyin esa
O’zbekiston milliy kutubxonasi tarkibiga o’tkazilgan.O’zbekiston Respublikasi
milliy kitob palatasi respublikadagi
barcha nashriyot va nashriyot huquqiga ega bo’lgan tashkilotlar
mahsulotini qabul qiladi, ularning statistikasi bilan shug’ullanadi, barcha
kitoblar, shuningdek, jurnallar, to’plam va gazetalardagi asosiy materiallar
bibliografiyasini tayyorlaydi, matbaa nashrlarining xalqaro standart
belgilarini joriy etish va milliy matbaa arxivini tashkil etish bilan
shug’ullanadi. Tarkibida nazorat
nusxasini qabul qilish va matbuot statistikasi, kundalik bibliografiya,
bibliografik ma’lumotnomalar, kataloglar, matbaa arxivi kabi tarmoqlar mavjud.
1927 yildan respublikadagi matbuot nashrlarining majburiy nusxasini olib, ular
asosida ilmiy bibliografiya, matbuot statistikasini amalga oshiradi. 1969
yildan o’zbek tilida, 1971 yildan rus tilida alifbo va sistematik kataloglar
yordamida turli bibliografik ma’lumotnomalar tayyorlaydi. Milliy matbaa
bibliografiyasi electron shaklda tayyorlanmoqda.
Toshkent. Ensiklopediya.T.,2009.