SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
101112131415
17181920212223
24252627282930
31      
Opera xonandasi Hoshimov Nasim tavallud topgan kun
1920-03-12

Hoshimov Nasim (1920.12.03, Samarqand - 2000.04.11, Toshkent) - ashulachi, opera xonandasi (lirik bariton), pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1959). Moskva o’zbek opera studiyasi (1941) va Toshkent konservatoriyasi (1961)ni tugatgan. Milliy ijro uslublarini o’zlashtirishda Hojiab-dulaziz, To’ychi hofizlar ta'sir ko’rsatgan. Samarqand teatrida xormeyster va artist (1941-1944), 1944 yildan Navoiy teatrining yakkaxoni, 1959 yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog, prof. (1979), 1972-1977 yillar xonandalik kafedrasi mudiri. O’zbek operalarida Bo’ron (S.Vasilenko, M.Ashrafiy, «Bo’ron»), Ibrohim (T.Sodiqov, R.Glier, «Gulsara»), Nu'mon (M.Ashrafiy, «Dilorom»), chet el klassik operalarida Eskamilo (J.Bize, «Karmen»), Onegin, Yeletskiy (P.Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin», «Qarg’a motkasi»), Figaro (J.Rossini, «Sevilya sartaroshi») kabi bosh rollarni ijro etgan. Konsert repertuaridan, asosan, Hamza qo’shiqlari hamda boshqa o’zbek bastakor va kompozitorlarining asarlari (M.Leviyevning «Qahramon qizlar», T.Sodiqovning «Jonon ko’rinur», M.Burhonovning «Tabassum qilmading hech») o’rin olgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan