SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
O’zbekiston xalq artisti Zokirov Karim tavallud topgan kun
1912-03-12

 Zokirovlar O’zbekiston musiqa san'atiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek san'atkorlari oilasi. Sulola boshlig’i opera xonandasi (lirika- matik bariton), O’zbekiston xalq artisti (1939) Karim Zokirov (1912.12.03 - Toshkent - 1977.19.02). Moskvadagi O’zbek opera studiyasida ta'lim olgan (1934-1936). Ijodiy faoliyatini 1928 yil dramatik aktyor sifatida boshlab, dastlabki rollarini O’zbek davlat drama teatri (1928-1929), Ishchi-yoshlar teatri (1930-1931)da o’ynagan. 1931-1934 va 1936-1939 yillarda O’zbek davlat musiqali teatri, 1939-1977 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi yakkaxon xonandasi. Musiqali dramalarda Farhod (Xurshid, V. Uspenskiy, «Farhod va Shirin»), Ne'mat (G’. Zafariy, T. Jalilov, «Halima»), Majnun (Xurshid. T. Sodiqov, «Layli va Majnun») kabi, operalarda Ulug’bek (A. Kozlovskiy, «Ulug’bek»), Torobiy (O. Chishko, «Mahmud Torobiy»), Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, «Tohir va Zuhra»), Ibrohim (R. Glier, T. Sodiqov, «Gulsara»), Shoh Bahrom (M. Ashrafiy, «Dilorom») singari obrazlar yaratgan. «Maysaraning ishi» (S. Yudakov) operasidagi Mullado’st obrazi Zokirov Karim talqinida o’ziga xos badiiy ifodasini topgan.Toz asarlari asosidagi (Eskamilo, J. Bize, «Karmen, Yeletskiy, P. Chay- kovskiy, «Motka qarg’asi» va boshqalar) va Qozog’iston, Ozarbayjon kompozitorlari (Er Targ’in, Ye. Brusilovskiy, «Er Targ’in», Hasanxon, U. Hojibekov, «Ko’r o’g’li», Kajar, A. Spendiarov, «Almast» kabi) operalaridagi rollarni ham mahorat bilan ijro etgan. Zokirov Karimning kuylash uslubi ochiq tovushi, o’zbek milliy, shuningdek, zamonaviy ijrochilik an'analari bilan uzviy bog’liq. Xalqashulalari, o’zbek bastakorlari asarlari va ayrim maqom parchalari  «Istarman», «Ey nigorim», «Chorgoh I, II, III», «Navbahor», «Ko’chabog’i I-II», «Girya», «Karimqulbegi I-II», «Dugoh» va boshqalar Zokirov Karim ijrosida yuksak badiiy ifodasini topgan.Zokirov Karimning rafiqasi Shohista Saidova (1917 - Toshkent - 2000.07.02) - aktrisa, xonanda. Muqimiy nomidagi teatrda ishlagan (1952-1962). Eng yaxshi rollari: Mohimbonu («Tohir va Zuhra»), Gulruh («Ravshan va Zulxumor»), Bekachi («Alpomish»), Amma («Xolisxon», «Nurxon»), Rohatoy («Oftobxon») va boshqalar. U, shuningdek, mohir lapar ijrochisi ham bo’lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan