SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Amerika yozuvchisi London Jek tavallud topgan kun
1876-01-12

London  Jek (taxallusi; asl ism-sharifi Jon Griffit) (1876.12.1, San-Fransisko- 1916.22.11, Glen Ellen, San-Fransisko yaqinida)- amerika yozuvchisi. Yoshligida juda ko’p kasblar bilan shug’ullangan.1893yilda ilk bor u Yaponiya sohillariga dengiz safariga oddiy matros bo’lib bоrgan. 1894 yilda ishsizlarning Vashingtonga ko’chishida qatnashgan. U keyinroq Kaliforniya universitetiga o’qishga kiradi va ko’p o’tmay o’qishni tashlab ketadi. Adabiy faoliyati 1893 yildan boshlangan.Yozuvchining ko’pgina hikoya to’plamlari, qator qissa va romanlari shimol mavzuida yozilgan (“Bo’ri bolasi”, 1900; “Izg’irin bolalari”, 1902 va boshqalar). “Qor qizi” (1902), “Hayot uchquni” (1907), “Shimoliy Odisseya” (1910), “Insonga ishonch” (1914), “Qadim dengizchilardek” (1917), “Chandiqli odam”(1900), “Oltin dara” (1905) va boshqa sarguzasht asarlari muallifi. “Olis o’lkada” (1899), “Ayol mardligi” (1900), “Gulxan yoqish” (1910), Qish haqida qissa” (1904) asarlarida tabiat bilan uyg’unlashib ketgan mehnatsevar indeyslarning o’ziga xos hayotini tasvirlagan. “Yovvoyi kuch” (1905)asarlari hayvonot olami haqida. “Dengiz bo’risi” (1904), “Martin Iden” (1909), “Uch qalb” (1920) romanlari mashhur. Londonning ijodida G.Spenser, F.Nisshe, falsafiy  ta’limotlarining ta’siri seziladi.”Martin Iden” roman-biografiyasida bish qahramonning paymonasi to’lgan chog’da ham “yashashga ishtiyoqi”- ni aks ettirgan. Uning individualism ta’sirida yozilgan mazkur romanida g’arbcha “barkamol inson”, ya’ni “supermen” nazariyasi ham ilgari surilgan. London 16 yillik ijodiy faoliyati  mobaynida 19roman, 18 to’plam (152 hikoya), 3 pyesa, 8 avtobiografik va publisistik xarakterdagi kitob yaratgan. “Hayotga muhabbat” (1961), “Qish haqida” (1962), “Martin Iden” (1968) va boshqa asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan