SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
25262728   
Italiya kinorejissyori Fellini Federiko tavallud topgan kun
1920-01-20

Fellini Federiko (1920.20.1, Rimini–1993)–italiya kinorejissyori. Florensiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek,sug‘urta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachi-rassom, reportyor ham bo‘lgan. 1942 yildan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga ssenariy yozgan. R.Rosselinning “Rim ochiq shahar”, “Payza” fil’mlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm an’analaridan foydalangan holda o‘zining yorqin kinematografik uslubini yaratdi (“Oq shayx”,”Onasining bolalari”,”Yo‘l”,”Shirin hayot” va boshqa) “Sakkiz yarim” nomli yangi yo‘nalishdagi fil’mida real obrazlar oqimini qahramonlarning sub’ektiv qarashlari bilan birlashtirdi. “Rim”, “Amarkor”, “Orkestr repetitsiyasi”, “Intervyu”,”Oyning ovozi” kabi filmlari Italyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bag‘ishlandi, Fellini ijodiga bag‘ishlangan “Chao,Federiko” filmni ishlashgan ( rej.G.Baxman, 1969).

O’zbekiston Milliy  ensiklopediyasi.T.,2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan