
Fedchenko
Aleksey Pavlovich
(1844.7.2, Irkutsk- 1873.3.9) – rus tabiatshunosi, O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan olim.
Moskva unverstitetini tugatgan(1864). Zoologiyaga oid to‘plamlar va gerbariylar
to‘plagan. Antropologiya va etnografiya bilan
shug‘ullangan. 1868-71 yillarda Olay vodiysiga sayohat qilgan. Olay orti tizmasini
o‘rgangan. Hisor –Olay tog‘ tizmasining 1-orografik sxemasini tuzgan. Rishta kasalligi
qo‘zg‘atuvchisining biologiyasini aniqlagan. Alp tog‘laridagi Monblan cho‘qqisiga
chiqishda halok bo‘lgan. Fedchenkoning to‘plagan materiallari geograf olimlar
tomonidan qayta ishlab, “ A.P. Fedchenkoning Turkistonga sayohati” nomli rus tilidagi
kitobida nashr qilingan (1872-77 va 1950-yillar). Pomir tog‘idagi muzlik Fedchenko
nomi bilan atalgan.
O‘zbekiston milliy esiklopediyasi.T.2003.