SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
Gidromexanik olim Fayzullaev Jorulla Fayzullaevich tavallud topgan kun
1924-02-11

Fayzullaev Jorulla Fayzullaevich (1924.11.2- Toshkent – 1992.24.10) – gidromexanik olim,  O‘zbekiston FA muxbir a’zosi(1974). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). O‘rta Osiyo institutini tugatgan (1948). Toshkent to‘qimachilik texnikumida(1947-53), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida (1953-60) o‘qituvchi. O‘zbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida katta ilmiy xodim (1960); direktor (1962-63), direktor o‘rinbosari (1966-70), gidrodinamik laboratoriyasi  boshlig‘i (1961 yildan).

Ilmiy ishlari suyuqlik va ko‘p fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sug‘orish gidrodinamikasiga oid X.A. Raxmatulinning ko‘p fazali muhitlar o‘zaro kirishma harakati modeliga asoslanib, Fayzullaev aralashmalar harakatiga oid masalalarni nazariy va eksperimental hal qildi. Reologik xususiyatlari har xil bo‘lgan fazalardan iborat aralashmalar gidrodinamikasiga oid adabiyotlarda Raxmatulin-Fayzullaev modeli termini kiritildi. Fayzullaev bir fazali gidrodinamik modellarda Nyuton suyuqligi va boshqa suyuqliklar harakatiga oid qator masalalarni, yopishqoq va yopishqoq-plastik suyuqliklar ( suv, neft)ning quvurlardagi oqimiga bo‘lgan qarshiliklarni kamaytirish tadbirini asoslab berdi Toshkentdagi ko‘chalardan biri uning nomi bilan ataladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan