SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232426272829
Shoira Zunnunova Saida tavallud topgan kun
1926-02-15

Zunnunova Saida (1926.15.02, 1977.20.03) –shoira. Yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi. 1947 yildan Toshkentda Andijon o‘qituvchilar institutini (1943) va O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini (1952) tugatgan.”Gulxan” jurnali (1953-56), “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida adabiy xodim (1956-57), Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1957-58), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1962-67) bo‘lib ishlagan.

Zunnunovaning “Yangi she’rlar” (1950), “Gullar vodiysi” (1954), “Qizlarjon” (1962), “She’rlar” (1964), “Bir yil o‘ylari” (1967), “Nilufar” (1972) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Shoira go‘zal lirik she’rlar bilan bir vaqtda “Sodiq va Anor” (1947), “Xayrixon” (1949), “Surat bilan suhbat” (1966), “Qo‘shnilarim” (1968) singari dostonlar ham yaratgan.

Uning “Gulbahor” (1956), “Povest va hikoyalar” (1957), “Gulxan” (1959), “Do‘stlik” (1960), “Qanot” (1961), “Olov” (1962), “Ko‘chalar charog‘on” (1965), “Bo‘ylaringdan o‘rgilay” (1972) singari nasriy kitoblarida xotin-qizlar hayoti haqqoniy badiiy tajassumini topgan. “Yangi direktor” , “Olov”, “Odamlar orasida” qissalari, “Ona” (1966) va “Ko‘zlar” (1968) pesalari ham bor. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan. Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Saida Zunnunova nomi berilgan.

Toshkent.Ensiklopediya.T.,2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan