SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2018
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
293031    
Hind adabiyotshunosi, tarjimon, tanqidchi, jamoat arbobi Musahib Ali Xon taxallusi Qamar rais tavallud topgan kun
1932-07-12

Hind adabiyotshunosi, tarjimon, tanqidchi, jamoat arbobi Musahib Ali Xon taxallusi Qamar rais 1932 yil 12 iyul kuni Uttar Pradesh shtati Shohjahonpur shahrida tavallud topgan. 1952 yilda Agra instituti bakalavri, 1956 yilda Lakhnau institutining huquqshunoslik fakultitini tugatgan. 1959 yilda Nagpur unversitetida urdu tili magistri, 1959-1968 yillarda Dehli unversitetining urdu bo’limida katta o’qituvchi, 1968 yilda dotsent, 1976-1979 yillarda urdu bo’limi mudiri, 1983-1997 yillarda professor, 1997-2004 yillarda Toshkentdagi Hindiston Madaniyat markazining direktori, 1973 yilda Hindiston taraqqiy parvar yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi, 1987 yilda Tadqiqot va nashriyot qo’mitasi, Dehli Urdu akademiyasi raisi va ayni paytda Hindiston – O’zbekiston do’stlik jamiyati raisi bo’lib faliyatlar olib borgan. Asosiy ilmiy ishi - Premchand asarlarini tanqidiy o’rganish mavzusida. Qamar rais “Premchand ijodini tanqidiy tadqiq etish” (1959 yil), “Premchand yozgan badiiy-tanqidiy maqolalar” (1960 yil) “Urdu drama” (1961yil), “Toshkentga armug’on” (1968 yil, G’.G’ulomning she’rlari tarjimasi), “O’zbekiston shoirlari” (1973 yil, 2 jildli), “Tarjima san’atiga oid maqolalar” (1976 yil), “Ozodliqdan keyin Dehdida urdu hikoyanavisligi” (1990 yil), “O’zbekiston va Alisher Navoiy” (1994 yil), “O’zbekiston evrilishlar silsilasida” (inqilobdan inqilobgacha) (1997 yil, Samarqand) va boshqa ilmiy-tanqidiy asarlar muallifidir. 2001 yilda O’zbekiston BA San’atshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti faxriy doktori. 2004 yilda esa “Zahiriddin Muhammad Bobur: shaxsiyati va she’riyati” kitobi uchun Bobur nomidagi xalqaro jamg’armaning Bobur mukofoti laureati bo’lgan.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan