Gruzin yozuvchisi Vaja Pshavela tavallud topgan kun
1861-07-14

Gruzin yozuvchisi Vaja Pshavela (taxallusi, asl ismi Luka Pavlovich Razikashvili) 1861 yil 14 iyul kuni Chargali qishlog’ida dunyoga keladi. Uijodini
80-yillarning o’rtalaridan boshlagan. 1888 yil “Aluda Ketelauri”, 1893 yil
“Mehmon va mezbon”, 1892 yil “Baxtrioni”, 1901 yil “Ilonxo’r” dostonlarida
zamonasining umuminsoniy ahamiyatga molik falsafiy va ahloqiy muammolari o’z
ifodasini topgan. Vaja Pshavela 40 ga yaqin doston, 400 ga yaqin she’r, bir
necha pyesa, hikoya, etnografik, ilmiy va publistik maqollar yozgan. Yozuvchi
1915 yil 27 iyun kuni Tblisdida vafot etgan.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi