SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Rangtasvir ustasi Tursunnazarov Yigitali tavallud topgan kun
1941-03-13

Tursunnazarov Yigitali (1941.13.03, Farg’ona viloyatidag’i Rapqon qishlog’i) - rangtasvir ustasi, O’zbekiston badiiy akademiyasi akademigi (1999). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, 1999 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog. Tursunnazarov Yigitali romannavis rassom - epik asarlar ustasi sifatida tanilgan. Teran fikrli zamondoshlari obrazlarini yaratdi. «Xayol», «Abdurazzoq ota Ikromov», «So’nggi maktub», «2-jahon urushi qatnashchisi Ahmadjon Shukurov», «Shoira», «Zamondoshlarim», «Suv haqida doston» uchligi shular jumlasidan. Mustaqillikdan so’ng buyuk ajdodlar siymolarini yaratdi (jumladan, «Sohibqiron Amir Temur» uchligi, «Sohibqiron portreti» - Shvetsiyada chop etilgan Amir Temur haqidagi kitob muqovasidan o’rin olgan). Tursunnazarov Yigitali asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Hindiston, Angliya va boshqalar)dagi ko’rgazmalarda namoyish etildi,shaxsiy ko’rgazmalari tashkil qilingan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan