SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
O'zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov tavallud topgan kun
1952-07-14

Muhammadali Abduqunduzov 1952 yil 14 iyul kuni O’zbekiston tumani Yaypan qishlog’ida tavvalud topgan. U 1974 yilda Toshkent davlat san’at insititutini tugatgan. Muhammadali 1974 – 1985 yillarda M. Uyg’ur nomidagi Surxondaryo viloyat teatrida aktyor, 1986 yilda  Hamza teatrida, 1996 – 1998 yillarda esa Madaniyat ishlari vazirining o’rinbosari bo’lib faoliyat yurtdi. Muhammadali o’z faoliyati davomida bir qator ajoyib rollarni namoyish etdi. Jumladan uning asosiy rollari:Ferdinand (“Makr va muhabbat”), Paratov (“Sepsiz qiz”), Ikrom (“Ufq”), Shokir (“Ko’rmayin bosdim tikonni”), Samoviy kuch (“To’maris”), Abdulla Qodiriy, Otabek (“Abdulla Qodiriyning o’tgan kunlari”), Husayn Boyqaro (“Alisher Navoiy”), Akbar (“Zebinisso”), Naufal (“Muhabbat sultoni”), Umarxon (“Fig’on”), Cho’lpon (“Kunduzsiz kechalar”) va boshqa o’ziga xos rollarni talqin etdi. Shuningdek Muhammadali ko’pgina videofilmlarda o’ynagan: Bobur (“Bobur”), Navoiy (“Layli va Majnun”), Sultonali (“Mehrobdan chayon”), Cho’lpon (“Kecha va kunduz”) va boshqa rollarni ijro etgan. Ayniqsa uning ijrosidagi og’ir, vazmin, chuqur, o’yga botgan, o’tkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida o’rin tutadi. Muhammadali Abduqunduzov 1997 yil O’zbekiston xalq artisti unvoniga va 1998 yildan “O’zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori va  2000 yilda Qoraqalpog'iston xalq artisti unvoniga sazovor bo’ldi.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan