SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Rus biolog olimi Zaytsev Gavriil Semyonovich tavallud topgan kun
1887-03-13

Zaytsev Gavriil Semyonovich (1887.13.03 - Moskva - 1929.17.01) - rus biolog olimi, seleksioner, paxtachilik ilmi asoschilaridan biri. Moskva dehqonchilik maktabini (1909), Petrovsk qishloq xo’jaligi akademiyasini tugatgan (1914), Mirzacho’l qishloq xo’jaligi tajriba dalasi seleksiya bo’limi mudiri (1914-1918), Turkiston seleksiya st-yasi asoschisi va direktori (1922-1929). 3- g’o’za sistematikasi, morfologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, seleksiyasi sohalarida tadqiqotlar olib bordi, shuningdek, makkajo’xori, beda, yeryong’oq, kunjut singari ekinlar seleksiyasi muammolari bilan shug’ullandi. O’zbekistonda birinchi bo’lib g’o’za qadimdan ekiladigan mamlakatlardan yig’ilgan jahon g’o’za kolleksiyasini to’pladi; g’o’zaning rivojlanish fazalari qonuniyatlarini aniqladi; g’o’zaning o’sishida fotodavriylikning ahamiyatini ochib berdi, natijada g’o’zaning ko’p yillik tropik shakllarini bir yillik o’simliklarga aylantirish imkoniyatlari ochildi. O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi i. t. institutiga 3- nomi berilgan (1971).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan